AsosiyDunyo

Jahon banki Ukraina ehtiyojlari uchun yana 610 mln dollar ajratadi

'Jahon banki Ukraina ehtiyojlari uchun yana 610 mln dollar ajratadi'ning rasmi

Jahon banki “Ukrainaning shoshilinch ehtiyojlari uchun” 610 mln dollar ajratadi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda

Yordam paketi Xalqaro tiklanish va rivojlanish bankining Buyuk Britaniya kafilligi ostida 500 mln dollar kreditini ham o`z ichiga oladi. Bu mablag` Ukraina hukumatining bolalar va oilalar uchun nafaqa, davlat ishchilari maoshlari va kommunal to`lovlarni qoplashiga sarflanadi.

Shuningdek, Jahon banki Ukrainani tibbiy xizmatni rivojlantirish va tiklash borasida ham qo`llab-quvvatlaydi. Dastlab moliyalashtirish Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (105 mln dollar) va Global moliyalashtirish fondi (10 mln dollar) evaziga bo`ladi. Jahon banki keyinchalik moliyalashtirish 500 mln dollarga etishini kutmoqda.

Ukrainadagi mojaro boshidan beri Jahon banki ukrainaliklarni qo`llab-quvvatlashga 18 mlrd dollar ajratishni rejalashtirgan, shundan 15 milliardi ajratib bo`lingan.

    Boshqa yangiliklar