AsosiyDunyo

Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston o`rtasida gaz ittifoqini yaratish g`oyasi Rossiya tomonidan ilgari surilgan

'Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston o`rtasida gaz ittifoqini yaratish g`oyasi Rossiya tomonidan ilgari surilgan'ning rasmi

Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston o`rtasida gaz ittifoqini yaratish g`oyasi Rossiya tomonidan ilgari surilgan. Bu haqda Sputnik O`zbekiston Qozog`iston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Almas Aydarovga tayani xabar bermoqda.

“Hozircha bu gaz savdosining ba`zi jarayonlarini birlashtirish g`oyasi. Hammasi bizga taklif qilinadigan shartlarga bog`liq”, – dedi Qozog`iston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Almas Aydarov.

Uning so`zlariga ko`ra, hozircha Rossiya tomonidan hech qanday tafsilot yoki taklif kelib tushmagan. Biroq, barcha mamlakatlarda gaz tanqisligi mavjud.

Avvalroq To`qaevning matbuot kotibi Qozog`iston va Rossiya prezidentlari Moskvada “uch tomonlama gaz ittifoqi”ni yaratish masalasini muhokama qilganini ma`lum qilgandi.

    Boshqa yangiliklar