Kelasi yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 tasi kengaytiriladi. Bu haqda Prezident Oliy Majlis va o`zbek xalqiga yo`llayotgan Murojaatnomasida ma`lum qildi.
"Xususiy investisiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelasi besh yilda ularning sonini mingtaga etkazamiz», — Prezident.
Shuningdek, Kelasi o`quv yilidan barcha viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham bepul ovqatlanish joriy etiladi
"Yil boshidan Qoraqalpog`iston va Xorazmda 285 ming nafar boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun bepul ovqatlanish yo`lga qo`yildi. Bu borada etarli tajriba orttirdik. Endi, kelasi o`quv yilidan ushbu amaliyot qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etiladi va buning uchun 2,3 trillion so`m ajratiladi", — Shavkat Mirziyoev.






