Avval xabar berilganidek, ayni daqiqalarda davlat rahbari Parlament va O`zbekiston xalqiga murojaat qilmoqda.
"Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz ko`targan barcha masalalarni aniq echimlari bilan kiritamiz.Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol bo`lishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini so`rayman», — dedi Shavkat Mirziyoev.
Prezident ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o`tishni taklif qildi:
"Endi, 2023 yildagi ustuvor yo`nalishlarga to`xtalib o`tmoqchiman. Birinchi yo`nalish – ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o`tishni taklif qilaman. Nima uchun so`zni aynan shu yo`nalishdagi islohotdan boshlayapman?
Old́inlari e`tibordan chetda qolib, “yo`q bo`lib ketish” arafasida bo`lgan sohalarni “oyoqqa turg`izish” uchun, olti yil davomida yangi vazirlik va idoralarni tashkil qilishga to`g`ri keldi. Buni qilishga majbur edik, aks holda hozirgi yutuqlarimiz bo`lmas edi.
Kundan-kunga iqtisodiyotimizda yangi-yangi yo`nalish va sohalar yaratilmoqda. Bu borada, xususiy tashabbuslarni yanada kengaytirish, ularga yangi istiqbollarni ochish maqsadida, endi “qo`l boshqaruvi”dan – aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga o`tish vaqti keldi», — Prezident.
"Vazirlik va tashkilotlar soni qisqartiriladi. Ular 61tadan 28taga kamaytiriladi. Kim ishlaydi deyish mumkin, topiladi ishlaydiganlar. Ishsiz qolganlarga ham ish topib beramiz. Lavozimiga munosiblargina ishida qoladi. Har bir vazirning mavqei va shunga mos ravishda javobgarligi ham oshiriladi. Endi har bir vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga mas`ul bo`lib, tarmoq tarkibidagi qo`mita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi", - dedi prezident.






