AsosiyJamiyat

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bu o`zgarishni sezmaydi” — Jamshid Qo`chqorov “svet” va gaz tariflari o`zgarishi haqida gapirdi (video)

'“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bu o`zgarishni sezmaydi” — Jamshid Qo`chqorov “svet” va gaz tariflari o`zgarishi haqida gapirdi (video)'ning rasmi

Jamshid Qo`chqorov kuni kecha bo`lib o`tgan parlamentdagi davlat byudjeti bo`yicha muhokamada gaz va “svet”ning tariflari o`zgarishi va buning sabablari haqida gapirdi. Unga ko`ra:

“Energetika haqida gapiradigan bo`lsak, haqiqatdan ham, ko`p. Lekin natijasini birdaniga ko`rolmayapmiz. Men hozir ayrim raqamlarni keltirib o`tmoqchiman. Masalan, 2023 yilda 1,3 g/t quvvatga ega bo`lgan xususiy elektr stansiyalari ishga tushiriladigan bo`lsa, 2024 yilda esa quvvati  4,7 g/t bo`lgan xususiy elektrstansiyalar ishga tushadi. Umuman, sizlarga yaxshi ma`lum, bundan 5 yil avval O`zbekistonda bittayam xususiy elektrstansiyasi yo`q edi. Endi mana 2023 yilda bularning ulushi 18 foizga etadi. Umuman bu qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanish O`zbekiston uchun katta ahamiyatga ega. Endilikda bu soha haqida gapirganda bozor prinsiplariga qarab harakatlar davom etadi. Elektr energiya va gaz bo`yicha ulgurji hamda chakana savdo bozorlarini yaratish bzo`yicha ham ishlar davom ettirilmoqda. Bir so`z bilan aytganda, barcha islohotlar bu sohaga investisiyalar jalb qilishga yordam beradi. Va bozor ochilgandan keyin investisiyalar ko`payishi hisobiga elektr energiya va tabiiy gaz ishlab chiqarish ko`payadi. Buning boshqa yo`li yo`q. Buni o`zimiz bevosita davlat qarzini ko`paytirish hisobiga amalga oshirish imkoniga ega emasmiz. 

Bu erda deputatlarimiz ko`targan maslalardan yana biri bu tariflar masalasi. Tariflar bo`yicha albatta, ishlar olib borilyapti. Bu bo`yicha nimadir qilish kerakligi barchaga ayon. Ishontirib aytamanki, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam a`zolari umuman bu o`zgarishni sezmaydi”, — dedi Jamshid Qo`chqorov.

    Boshqa yangiliklar