AsosiyJamiyat

Samarqandda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Halok bo`lganlar bor (video)

'Samarqandda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Halok bo`lganlar bor (video)'ning rasmi

Shu yilning 18 dekabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida "Damas", "Neksiya" va "Lada" avtomobillari o`zaro to`qnashishi natijasida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi. 


Xabarda aytilishicha, YTHga "Damas" avtomashinasining svetoforning qizil chirog`ida to`xtamay harakatlangani sabab bo`lgan. Hodisa natijasida "Damas" avtomobilining ikki yo`lovchisi va "Lada" avtomobilining haydovchisi tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Tibbiy muolajalar ko`rsatilishiga qaramay "Lada" haydovchisi vafot etgan.  

Holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar