Ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumanida 23 yoshli ayol o`zini osib qo`yganligi haqida xabar tarqaldi.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasining ma`lum qilishicha, joriy yilning 18 dekabr kuni Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan, ichki ishlar bo`limiga “Maymanoq” mahalla fuqarolar yig`inida yashagan 1999 yilda tug`ilgan ayol bo`yin sohasidan strangulyasion egat shilinmasi ko`rinishidagi jarohati bilan vafot etganligi haqida xabar berilgan.
Shundan so`ng, marhumaning o`lim sababiga aniqlik kiritish maqsadida tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Hozirda holat bo`yicha Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.






