AsosiyJamiyat

Andijondagi quyuq tuman oqibatida 8 ta mashina ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi (video)

'Andijondagi quyuq tuman oqibatida 8 ta mashina ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon-Shahrixon yo`lida quyuq tuman va yo`lning muzlamaligi sabab o`nlab mashinalar ishtirokida YTH sodir bo`lgani aks etgan video xabar tarqaldi.

Viloyat IIB axborot xizmati ma`lum qilishicha,  haqiqatdan ham Asaka tumani hududidan o`tgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan yo`lning 420 kilometrida 8 ta avtomashinalar ishtirokida YTH yuz bergan.

Yo`l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q, avtotransport vositalari texnik shikastlangan. Hozirda Asaka tumani YHXG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan ayni kunlardagi noqulay ob-havo sharoitida tezlikni oshirmasdan oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishlari so`ralmoqda. 


 

    Boshqa yangiliklar