AsosiyDunyo

Rossiyada kon ishchilarini olib ketayotgan avtobus ag`darilib ketdi

'Rossiyada kon ishchilarini olib ketayotgan avtobus ag`darilib ketdi'ning rasmi

Rossiyaning Xabarovsk o`lkasida Xabarovskdan Komsomolsk-na-Amurga smenali ishchilarni oltin-mis koniga olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi. Sakkiz kishi halok bo`ldi, yana 26 kishi yaralandi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. 

Jabrlanganlarning aksariyati og`ir ahvolda. Ular vertolyotlarda Xabarovskka etkazildi.

Qayd etilishicha, sirpanchiq yo`lda haydovchi boshqaruvni yo`qotib qo`ygan va avtobus ariqqa qulagan.

Avtobus tegishli bo`lgan kompaniya ofislari tintuv qilinmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar