My.gov.uz'da O`zbekistonda doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet elliklar farzandlarini maktabga joylashtirish uchun masofadan ariza berish imkoniyati yaratildi.
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun chet el fuqarolaridan quyidagilar talab qilinadi:
- O`zi va farzandiga JShShIR olish;
- Bolaning fan baholari qo`yiladigan hujjati va uning o`zbek tilidagi tarjimasi;
- Bolaning sog`ligi to`g`risida ma`lumotnoma.
Agar arizani bolaning ota-onasi o`rniga qonuniy vakil topshirsa, buni tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi.






