O`zgidromet 15 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.
Unga ko`ra, bugun havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12 daraja iliq, ba`zi joylarda 14 daraja iliqgacha bo`ladi.
Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8 daraja iliq bo`ladi.






