AsosiyDunyo

Qirg`izistonda cho`chqa grippi bilan kasallanish holatlari ortgani aytildi

'Qirg`izistonda cho`chqa grippi bilan kasallanish holatlari ortgani aytildi'ning rasmi

Qirg`izistonda cho`chqa grippining 118 ta holati qayd etilgan. Bu haqda mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot markazi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Bishkek, O`sh va To`qmoq shaharlarida og`ir o`tkir respirator infeksiyalar va grippga o`xshash kasalliklarni epidemiologik nazorat qilish davom etmoqda. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga ko`ra, bemorlar grippga qarshi tekshiruvdan o`tkaziladi.

“Oktyabr oyidan hozirgi kunga qadar jami 1149 ta namuna tekshirildi, ulardan 246 tasida gripp, shu jumladan A/H1N1 (cho`chqa) grippi - 48% (118 ta), B grippi - 41,5% (102), tiplanmagan 7,3 foiz (18), gripp A/H3N2 1,2 foiz (3), H1N1 mavsumiy 2 foiz (5). 38 ta namunada COVID-19 aniqlangan.

Koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish tendensiyasi mavjud. Respublikada alohida holatlar qayd etilgan bo`lib, ular engil va asemptomatik shaklda davom etmoqda”, — deyiladi Sog`liqni saqlash vazirligi xabarida.

    Boshqa yangiliklar