Buyuk Britaniya dengiz piyodalari Ukrainadagi maxfiy operasiyada qatnashdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Qirollikning general-leytenanti Robert Magouen maxfiy operasiya “o`ta nozik vaziyatda” o`tganini aytdi.
Uning so`zlariga ko`ra, yil boshida 45 guruh dengiz piyodalarining 350 nafari Britaniya elchixonasi diplomatlariga hamrohlik qilish uchun yuborilgan.
Maxsus guruh aprel oyida Rossiya harbiylari Ukraina poytaxtidan chiqib ketganidan so`ng Buyuk Britaniya diplomatlari bilan yana qaytgan.
Oldinroq mudofaa vazirligi elchixona xodimlarini himoya qilish uchun 30 nafar harbiy yuborilganini aytgandi. Ammo harbiylar Ukraina hududidagi maxfiy operasiyalarda qatnashganini tan oldi.






