Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo`jaligi va ekologiya qo`mitasi raisi Bahodir Tojievning ma`lum qilishicha, parlament yuqori palatasida ham elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda.
"Senatda ham chiroq o`chyapti. Men to`g`risini aytaman. O`zim ikkinchi qavatda turaman. Xona harorati 15 darajadan oshmapayti. Palto kiyib o`tiraman. Bugungi kunda butun xalqimiz qiynalyapti", — deydi senator.
Senatorning ta`kidlashicha, uning o`zi Toshkent shahrida sakkiz yildan buyon yashashiga qaramasdan poytaxtda 15-20 daraja sovuq bo`lganini birinchi marta ko`ryapti.
"Bu sovuq havo massasi Xorazm, Qoraqalpog`iston taraflarda 25-30 darajagacha pasayib ketgan. Mana men o`zim sakkiz yildan buyon Toshkentda yashayman, lekin poytaxtda 15-20 daraja sovuq bo`lganini birinchi marta ko`ryapman", — deya xulosa qilgan u.






