Afg`onistonda Tolibon xukumatga kelganidan beri birinchi marta mahbus ommaviy qatl etildi. Bu haqda hukumat matbuot kotibi Zaxibullo Mujohid e`lon qildi deya yozmoqda "zamon.uz".
Ma`lum qilinishicha, mahbus qotillikda ayblangan. Bu namoyishkorona jazo Afg`oniston qattiqqo`l siyosatini davom ettirishini anglatadi.
O`lim jazosini Afg`onistonning 3 oliy sudyasi va toliblarning oliy etakchichi ma`qullagan. Qatl etilgan erkak 5 yil oldin bir odamni o`ldirib, uning motosikl va mobil telefonini o`g`irlaganlikda ayblangan.
BMT mamlakatga bunday namoyishkorona o`lim jazosi qaytganidan xavotirda ekanini bildirdi.






