Iyun oyidan beri yurtimizda kunlik kasallanish ko`rsatkichlari soni ilk bor 100 dan oshdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2022 yil 25 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
-1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
-6 nafari Buxoro viloyatida,
-3 nafari Jizzax viloyatida,
-3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-9 nafari Namangan viloyatida,
-8 nafari Samarqand viloyatida,
-1 nafari Sirdaryo viloyatida,
-1 nafari Surxondaryo viloyatida,
-3 nafari Farg`ona viloyatida,
-1 nafari Xorazm viloyatida,
-8 nafari Toshkent viloyatida,
-80 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.






