AsosiyJamiyat

O`zbekistonda to`rt muchasi sog` futbolchilardan ko`proq natija ko`rsatayotgan amputant futbolchilar e`tibordan chetda qolmoqda (video)

'O`zbekistonda to`rt muchasi sog` futbolchilardan ko`proq natija ko`rsatayotgan amputant futbolchilar e`tibordan chetda qolmoqda (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda  tarqalgan "O`zbekiston jahon chempionlaridan yuz o`girdi" mavzusidagi videoda Turkiyada o`tgan amputantlar o`rtasidagi jahon chempionatida 3-o`rinni qo`lga kiritgan O`zbekiston futbol jamoasi a`zolari ularga etarlicha e`tibor qaratilmayotgani, faqat 10 mln so`mdan mukofot puli berilgani, boshqa chempionlardan farqli tazda odam ajratish bo`layotganidan norozi bo`lishgandi.

Katta shov-shuvlarga sabab bo`lgan video sabab Sportni rivojlantirish vazirligi sportchilar bilan uchrashishga qaror qildi.

Ma`lum qilinishicha, uchrashuvda futbolchilar rasmiylarga muammolarni aytishgan. Paralimpiyaga a`zo bo`lmagan Haiti ham 4-o`rinni olgan jamoa a`zolariga 25 ming dollardan berganini, 2-o`rinni egallagan Angola har bir o`yindan so`ng o`yinchilarni taqdirlaganini ta`kidlashdi. 

Murojaatchilarga Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov quyidagicha javob bergan: 

"Sizlar rasmiy tashkilotga a`zo emassizlar. O`z vaqtida Paralimpiya qo`mitasiga kirishni taklif qilganmiz, ammo javob bermagandinglar. 

Nodavlat tashkilotda ekanligingizga qaramay, tayyorgarlik va Turkiyaga borishinglar uchun 1 mlrd so`m ajratildi. Bu avvalgi qiymatdan 3 baravar ko`p. 

Sizlarga taklifim: Paralimpiya qo`mitasiga a`zo bo`linglar. Shunda men prezidentdan sizlar uchun mukofot ajratishni so`ray olaman. Shuningdek, 6 mln so`mdan doimiy stipendiya qilib beramiz».

Uchrashuv yakunida vazir Adham Ikromov jamoa a`zolari qo`shimcha rag`batlantirilishiga va`da bergan.

 

 

    Boshqa yangiliklar