AsosiyJamiyat

Toshkentdagi IT-park binosida yong`in sodir bo`ldi (video)

'Toshkentdagi IT-park binosida yong`in sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Toshkentdagi IT-park binosida yong`in sodir bo`ldi, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 23 noyabr kuni soat 11:12 da Mirzo Ulug`bek tumani «Olimlar» MFY Shahriobod ko`chasida joylashgan ko`p qavatli binolarning birida yong`in sodir bo`layotgani to`g`risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

 

Shunga ko`ra 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 11:15 da voqea joyiga etib borgan va yong`in soat 11:25 da o`chirilgan.

Yong`in natijasida 24 qavatli qurilishi tugallanmagan IT-park binosining 21-qavatida taxminan 5 kvadrat metr maydonda penoplast qoldiqlari yonib zararlangan. Yong`in natijasida qo`shni binolarga zarar etmagan.

"Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar