AsosiyJamiyat

"Ular hozirda o`lim yoqasida..." Aeroportda olib qo`yilgan reptiliyalar ahvoli haqida ma`lumot berildi (video)

'"Ular hozirda o`lim yoqasida..." Aeroportda olib qo`yilgan reptiliyalar ahvoli haqida ma`lumot berildi (video)'ning rasmi

Sal avval Toshkent xalqaro aeroportida Misrdan uchib kelgan yo`lovchi timsoh bolasi, 3 bosh iguana hamda 3 bosh ilonni noqonuniy olib kirayotgani aniqlangan edi. Toshkent hayvonot bog`i ushbu jonzotlarning ayni paytdagi ahvoli haqida ma`lumot berdi. 

"Jonzotlarning ahvoli yomon edi, chunki ular issiq iqlimga moslashib, samolyotning yuk bo`limidagi past harorat va tor sharoitda ancha vaqt qolib ketganlar. Bundan tashqari, yangi tug`ilgan iguanalardan ancha yirik bo`lgan timsoh ular bilan bir qutida bo`lib, ularni og`ir jarohatlagan va ular hozirda o`lim yoqasida... 

Shunday qilib, yangi tug`ilgan yo`lbars naqshli va to`rli pitonlar juda ozg`in bo`lib, ularning tanasi suvsizlangan va jiddiy veterinar davolanishni talab qiladi. Chorasiz "asirdagi yo`lovchilar" hayvonot bog`iga olib kelindi, ular karantinda va mutaxassislar nazorati ostida.

⠀Kichkintoylar holati yuzasidan sizlarni xabardor qilib boramiz", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar