Xabaringiz bor, O`zbekistonda "Yashil makon" ummummilliy loyihasi e`lon qilingan edi. Ayni kunga qadar mamlakatning har bir nuqtasida tadbir doirasida ko`kalamzorlashtirishga doir ishlar qilib kelinmoqda.
Bir muddat avval hattoki TDT sammiti doirasida a`zo va kuzatuvchi davlatlar ham O`zbekiston qatori daraxt ko`chatlari ekishdi.
Ayni paytda O`zbekiston musulmonlari idorasi raisining o`rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ham barchani O`zbekiston obodligiga hissa qo`shishga chaqirib, faollikka undamoqda.
"Yurtimiz obodonchiligiga hissa qo`shish, ko`kalamzorlashtirish, ekin ekish bu ona vatanimizni yana ham gullab-yashnashiga har bir fuqaromizni jalb qilish aynan prezidentimizning tashabbuslarida o`z ifodasini topgan edi. Mana shu tashabbuslarni qo`llab-quvvatlagan holda O`zbekiston musulmonlari idorasi ushbu bayonotni e`lon qildi.
Darhaqiqat Alloh siz-u bizni mana shunday obod zaminda yaratgan ekan, uni yanada obodonlashtirish butun insoniyatning zimmasiga yuklangan", — deydi u.
Homidjon domla Ishmatbekovning keltirib o`tishicha, Qur`oni Karimda erda buzg`inchilik qilmaslik, uni xarob, barbod qilmaslikka chaqirilar ekan, er yuzida buzg`inchilik qilguvchilarni aslo suyilmasligini ham aytib o`tiladi.






