Mashhur amerikalik reper Kane Uest 2024 yilda AQSh prezidentligiga nomzodini qo`yishni rejalashtirayotganini ma`lum qildi. Bu haqda "Zamon.uz" sayti xabar bermoqda.
Ta`kidlarga ko`ra, jurnalist va siyosiy sharhlovchi Milo Yiannopulos xonandaning siyosiy kampaniyasi ustida ishlamoqda. Qayd etilishicha, bu reperning ikkinchi urinishi.
Eslatib o`tamiz, 2020 yilda u kechikib ariza topshirgan va faqat bir nechta shtatlarda ro`yxatga kirgan. Saylov yakunida 60 mingga yaqin ovoz to`plagan.






