AsosiyJamiyat

Toshkentdagi yana bir maktabda o`qituvchi va o`quvchi janjallashdi (video)

'Toshkentdagi yana bir maktabda o`qituvchi va o`quvchi janjallashdi (video)'ning rasmi

Toshkentning Sergeli tumanidagi 300-sonli umumta`lim maktabi o`qituvchisi hamda o`quvchisi o`rtasidagi tortishuv aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. 

Toshkent shahar XTBB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi Ishchi guruhi o`rganish olib bordi. Unga ko`ra, haqiqatan ham 19 noyabr kuni Sergeli tumanidagi 300-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabida 9-"L" sinfida matematika darsida o`qituvchi M.J o`quvchi U.Y.ga telefondan foydalanib, mashg`ulotga xalaqit bergani uchun tanbeh bergan.

O`qituvchi bir necha bor ogohlantirishiga qaramay o`qituvchiga nisbatan o`quvchi hurmatsizlik qilgan. O`qituvchi behurmat bo`lgani uchun o`quvchiga qo`l ko`targan.

Yuqoridagi holat bo`yicha o`qituvchiga nisbatan intizomiy chora ko`rilgan. Shuningdek, maktabda navbatdan tashqari yig`ilish o`tkazilib, barcha ustozlarga bo`lgan vaziyat haqida ma`lumot berildi va tushuntirish ishlari olib borilgan.

Dars vaqtida telefondan foydalanmaslik bo`yicha "Ta`lim muasassalarida mobil telefondan foydalanish tartib qoidalari to`g`risi" dagi qarorda ko`rsatilgan tartiblarni buzgan o`quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida yig`ilish o`tkazilib, qaror bilan qayta tanishtirilgan.

    Boshqa yangiliklar