AsosiyDunyo

KXDR tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibini noxolislikda aybladi

'KXDR tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibini noxolislikda aybladi'ning rasmi

KXDR tashqi ishlar vaziri Choy Song Xi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Koreya yarimoroli atrofidagi vaziyatga noxolis munosabatidan afsusda ekanligini bildirdi va uni “AQShning qo`g`irchog`i”deb atadi. Bu haqda zamon.uz sayti xabar berdi

“Xalqaro hamjamiyat Koreya yarimoroli hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun barcha ofatlarning manbai bo`lgan Qo`shma Shtatlarning provokasion harakatlarini cheklash va to`xtatish muhimligi haqida baland ovozda gapirishi kerak. Bosh kotib AQSh qo`g`irchog`i ekanligidan dalolat beradi.

Oxirgi paytlarda men BMT Bosh kotibini Oq uy yoki Davlat departamenti xodimi bilan tez-tez adashtiraman. U bunday ayanchli yondashuvni tanlaganidan chuqur afsusdaman,  bosh kotib o`z maqsadlari va tamoyillarini unutib qo`ygan. BMTning vazifasi  xolislik va adolatni saqlash ”, - dedi Choy Song Xi.

Uning tushuntirishicha, 18 noyabr kuni Antoniu Guterrish yana “KXDRning o`zini himoya qilish huquqidan adolatli foydalanishni provokasiya” deb atadi.

KXDR TIV rahbarining ta`kidlashicha, yil davomida AQSh va uning ittifoqchilari yarim orolda turli “yadroviy strategik qurollar”ni qo`llagan holda KXDRga qarshi “yadro urushi uchun repetisiyalar” o`tkazgan, bu esa keskinlikka olib kelgan.

18 noyabr kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Shimoliy Koreyaning yangi qit`alararo raketa uchirilishini qoraladi va Pxenyanni Koreya yarim orolida tinchlikka erishish uchun muloqotni qayta boshlashga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar