AQShning Ukrainaga bergan harbiy yordami miqdori 20 milliard dollardan oshdi, dedi Pentagon rahbari Lloyd Ostin. Unga ko`ra, AQSh Ukrainaga yordam berishda davom etadi.
“Hozirgi vaqtda biz Ukrainaga 20 milliard dollardan ortiq yordam berdik. Biz Ukrainani qancha vaqt kerak bo`lsa, shuncha qo`llab-quvvatlaymiz”, degan Lloyd Ostin Indoneziyada bo`lib o`tgan matbuot anjumanida.
Qayd etishicha, avvalroq Qo`shma Shtatlar Ukrainaga ular tomonidan harbiy yordam miqdori 18 milliard dollardan oshgani haqida xabar bergan edi. Ukrainaga harbiy yordamdan so`ng, sentyabr oyida Pentagon qurol zaxiralarini to`ldirish uchun 1,2 milliard dollarlik qurol-yarog` shartnomalarini imzolagan.
CNN ma`lumotlariga ko`ra, noyabr oyiga kelib Qo`shma Shtatlarda ba`zi qurol-yarog` va o`q-dorilar zaxirasi tugay boshlagan. Jumladan, armiyaga 155 mm kalibrli snaryadlar, "Stinger" zenit raketalari, "HARM" antiradar raketalari, "GMLRS" reaktiv snaryadlari va tankga qarshi "Javelin" raketalari zarur






