AsosiyJamiyat

Bekoboddagi Madaniyat uyi do`konga aylantirildi

'Bekoboddagi Madaniyat uyi do`konga aylantirildi'ning rasmi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati “Bekobod sement AJ”ga qarashli bo`lgan “Bekobod sement madaniyat uyi” binosining tashqi ko`rinishi o`zgartirilgani muhokama qilinmoqda.

Madaniy meros agentligi ushbu bino madaniy meros ob`ekti sifatida qayd etilmaganini ma`lum qildi. Toshkent viloyati “Bekobod sement AJ”ga qarashli bo`lgan “Bekobod sement madaniyat uyi” O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-sonli qarori bilan arxitektura yodgorligi sifatida ro`yxatga olinmagan.

Ma`lum qilinishicha, Madaniy meros agentligi o`z tizimidagi moddiy madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish, muzeylar sohasida davlat nazoratini amalga oshirish, arxeologiya tadqiqotlarini qo`llab-quvvatlash, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, hududlardagi madaniy boyliklarni aniqlash, muhofaza qilish va to`liq ma`lumotlar bazasini yaratish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar