AsosiyDunyo

Markaziy Osiyodan Rossiyani chetlab o`tadigan transport koridorlarini rivojlantirish kerak - Jozep Borrel

'Markaziy Osiyodan Rossiyani chetlab o`tadigan transport koridorlarini rivojlantirish kerak - Jozep Borrel'ning rasmi

Evroittifoq Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni chuqurlashtirishi kerak. Bu haqda Evropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel mintaqaga tashrifi yakuni bo`yicha bergan bayonotida ma`lum qildi, deya yozmoqda “zamon.uz”

Janob Borrel Rossiya va Xitoyning Markaziy Osiyo bilan hamkorlikda etakchilik qilayotganiga e`tibor qaratgan. Shu bilan birga mintaqa davlatlari tashqi siyosatini diversifikasiya qilishga harakat qilayotgani qayd etilgan.

“EI bu o`zgarishlardan foydalanishdan manfaatdor. Biz mintaqa bilan aloqalarni chuqurlashtirishimiz, energetika va o`ta muhim xomashyo etkazib berishdagi potensialini ishga tushirishimiz kerak” , – degan Borrel.

Diplomat Rossiyani chetlab o`tadigan yangi transport koridorlarini rivojlantirishni taklif qilgan. Gap Transkaspiy yo`lagi haqida ketmoqda.

 Avvalroq Borrel Evropaning Markaziy Osiyoga Xitoy va Rossiyadan ko`p investisiya kiritganini aytgandi.

    Boshqa yangiliklar