Davlat test markazining ma`lum qilishicha, Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga ko`ra soliq to`lovchining professional ta`lim tashkilotlarida va oliy ta`lim tashkilotlarida ta`lim olish uchun to`lovga yo`naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo`lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.
Bu imtiyoz soliq to`lovchi:
- o`zi uchun;
- 26 yoshga to`lmagan farzandlari uchun;
- 26 yoshga to`lmagan turmush o`rtog`i (eri yoki xotini) uchun kontrakt to`lovlarini amalga oshirgan summasiga qo`llaniladi.
Mazkur imtiyoz soliq to`lovchining professional va oliy ta`lim tashkilotlarida o`qish uchun tijorat banklari ajratgan ta`lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga yo`naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo`llaniladi.
Bu imtiyoz soliq to`lovchining aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki kuyovi uchun qo`llanilmaydi.






