AsosiyDunyo

Moskvada 29 yoshli ayolning o`limida gumonlangan o`zbekistonlik fuqaro o`z aybini tan oldi(video)

'Moskvada  29 yoshli ayolning o`limida gumonlangan o`zbekistonlik fuqaro o`z aybini tan oldi(video)'ning rasmi

Moskvaning janubi-g`arbida jasadi topilgan qizni o`ldirishda ayblanayotgan O`zbekiston fuqarosi o`z aybiga iqror bo`ldi, deb xabar bergan Moskva tergov qo`mitasi.

So`roq paytida sotuvchi ayolni o`ldirganlikda ayblanib, qo`lga olingan shaxs o`z aybiga iqror bo`lib, jinoyatni qanday sodir etganini batafsil aytib bergan. Qotillikka javobsiz sevgi sabab bo`lgan. Ichki ishlar xodimlari jinoyat sodir etilgan yig`ma pichoqni topishgan. Shuningdek, yigitni Moskvadan chiqib ketishiga yordam bergan yana bir kishi guvoh sifatida hibsga olingan. 

Qayd etilishicha, 17 noyabr kuni o`zbekistonlik erkak marhumani pichoq bilan qo`rqitib, bo`g`ib o`ldirmoqchi bo`lganda, ayol polisiyani chaqirgan. Ertasi kuni qiz o`lik jasadi topilgan.

Asli o`zbekistonlik bo`lgan yigit uzoq vaqt davomida do`konda ishlagan. 

    Boshqa yangiliklar