AsosiyDunyo

Ilon Mask Trampning Twitter sahifasini tikladi

'Ilon Mask Trampning Twitter sahifasini tikladi'ning rasmi

Twitter egasi Ilon Mask ijtimoiy tarmoqdagi so`rovdan so`ng AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntini blokdan chiqarish to`g`risida qaror qabul qilganini ma`lum qildi.

Shundan so`ng darhol Trampning ijtimoiy tarmoqdagi profili yana faollashgan.

Mask 18 noyabr kuni Twitterda so`rovnoma o`tkazgan, unda ishtirokchilarning 52 foizi Tramp akkauntini tiklash uchun ovoz bergan.

“Odamlar gapirdi. Tramp qayta tiklanadi”, deb yozgan Mask ovoz berishdan so`ng tvitterda. Mask, shuningdek, lotincha "Vox Populi, Vox Dei" iborasini keltirgan. Bu "xalq ovozi - Xudoning ovozi" deb tarjima qilinadi.

Ijtimoiy tarmoq 2021 yilning yanvarida Kapitoliyga bostirib kirishdan keyin “zo`ravonlikka undash xavfi tufayli” o`sha paytdagi amaldagi prezidentning akkauntini butunlay bloklab qo`ygan edi.

    Boshqa yangiliklar