Yangi Mehnat kodeksiga ko`ra, ishga qabul qilish chog`ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- pasport yoki uning o`rnini bosuvchi hujjat yoxud identifikasiyalovchi ID karta (16 yoshgacha bo`lgan shaxslar esa tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnoma yoki identifikasiyalovchi ID karta);
- oxirgi ish joyi bo`yicha tasdiqlangan qog`oz shaklidagi mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko`chirma (bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno).
- O`rindoshlik asosida ishga kirayotganlar mehnat daftarchasi o`rniga asosiy ish joyidan ma`lumotnoma;
- harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;
- oliy yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim tashkilotini tamomlaganligi to`g`risidagi diplom;
- qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus ma`lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo`lgan shaxslar qo`yilishi mumkin bo`lsa, o`sha ishga kirish chog`ida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnoma (sertifikat) yoxud boshqa tegishli hujjat;
- soliq to`lovchining identifikasiya raqami (STIR);
- jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JShShIR);
- jamg`arib boriladigan pensiya daftarchasi, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno.