Unga ko`ra, avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalar, shuningdek, avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun qarindoshligi bo`lmagan boshqa shaxslardan undiriladigan davlat boji miqdori BHMning 2 barobari - 600 ming so`m etib belgilanmoqda.
Ayni vaqtda bu BHMning 3 barobari - 900 ming so`mni tashkil qiladi. Shuni hisobga olsak ushbu toifadagi to`lov 300 ming so`mga arzonlashi kutilmoqda.
Bundan tashqari, qonun bilan:
- vafot etgan fuqaroning shaxsiy jamg`arib boriladigan pensiya ta`minotiga nisbatan merosga bo`lgan huquq to`g`risida guvohnomani berishda davlat bojini to`lashdan ozod qilinadi;
- mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o`zgartirishlar kiritganlik uchun belgilangan davlat boji miqdorlari ikki barobarga kamaytiriladi;
- garov, ipoteka va lizing shartnomalarini, qarz shartnomalarini hamda avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o`tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun tabaqalashgan davlat boji stavkalari birxillashtirilmoqda;
- fuqarolar o`rtasida chet el valyutasida qarz shartnomalarini notarial tartibda rasmiylashtirishda davlat boji miqdorini ikki baravarga kamaytiriladi.






