O`zbekistonda 21–23 noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi. Bu haqda «O`zgidromet» xabar berdi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat 21 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21 noyabrda ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-21 noyabrda 2-7 daraja iliq, 22-23 noyabrda 0-5 daraja iliq, kunduzi 23 noyabrda 8-13 daraja, 21-22 noyabrda esa 5-10 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatilarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 21 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim hududlarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21 noyabrda ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21 noyabrda 5-10 daraja iliq, 22-23 noyabrda 2-7 daraja, kunduzi 23 noyabrda 12-17 daraja, 21-22 noyabrda 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 21 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim hududlarga joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21 noyabrda ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21 noyabrda 3-8 daraja iliq, 22 noyabrda 5-10, 23 noyabrda 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, 21 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21 noyabrda ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-23 noyabrda 3-8 daraja, kunduzi 23 noyabrda 13-18 daraja, 21-22 noyabrda 11-16 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja, 22 noyabrda 8-13 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, 23 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21 noyabrda ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq va 2 daraja iliq, kunduzi 23 noyabrda 3-8 daraja iliq, 21-22 noyabrda 0-5 daraja bo`ladi.






