AsosiyDunyo

Lavrov G20 sammitini tark etdi

'Lavrov G20 sammitini tark etdi'ning rasmi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Indoneziyaning Bali orolida bo`lib o`tayotgan G20 sammitini tark etgan. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi. 

“Rossiya tashqi ishlar vazirining samolyoti Denpasar aeroportidan Rossiyaga uchdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Lavrovning missiyasi yakuniga etgan. Sammit 16 noyabrda ham davom etadi. Yalpi majlisda u oziq-ovqat va energetika xavfsizligi hamda sog`liqni saqlash masalalariga bag`ishlangan sessiyada so`zga chiqqan.

Bundan tashqari, rossiyalik vazir Xitoy Davlat maslahatchisi, tashqi ishlar vaziri Van Yi, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho`g`li bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazgan. Shuningdek, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols bilan qisqacha suhbatlashgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar