13 noyabr kuni Istanbul markazida portlash yuz berdi. Oqibatda olti kishi halok bo`ldi, 80 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Hujumni amalga oshirgan shaxs qochishga uringan, biroq Istanbulda buni qilish unchalik oson bo`lmagan – shaharda o`rnatilgan ko`p sonli videokuzatuv kameralarining yordami bilan bosqinchi fosh etilgan. Kameralarda uning Istiqlol ko`chasidagi gulzor yonidagi skameykada uzoq vaqt o`tirgani, keyin o`rnidan turib ketgani va oradan ko`p o`tmay portlash sodir bo`lganini tasviri bo`lgan. Turkiya Adliya vaziri Bekir Bo`zdag`ning so`zlariga ko`ra, uning sumkasida yo o`zini-o`zi portlatish mexanizmi bo`lgan yoki portlovchi qurilma masofadan boshqarish pulti yordamida portlatilgan. Teraktni sodir etgan ayol hibsga olindi.
Istiqlol piyodalar uchun qayta ochilgan bo`lsa-da, xavfsizlik nuqtai nazaridan o`rindiqlar ko`chadan olib tashlangan.
Shu kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on voqea haqida gapirib, voqea katta ehtimol bilan terakt bo`lganini ta`kidladi.
Dastlab OAV portlash ortida kurdlik taniqli huquq himoyachisi, PKK advokati Jiyan Tosun turgani haqida xabar bergan edi. Keyinroq qo`lga olingan shaxs Suriya fuqarosi, 1999 yilda tug`ilgan Ahlam Albashir bo`lib, Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari tomonidan tayyorgarlikdan o`tgan va zobitlik darajasiga ko`tarilishga muvaffaq bo`lganligi ma`lum bo`ldi. Ayol Turkiya hududiga noqonuniy ravishda, chegaradagi Afrin-Idlib shaharchasi orqali kirib kelgan. U so`roq paytida partiya bilan aloqasi borligini tan olgan. Aksiyadan so`ng terrorchilar Gresiyada yashirinishlari mumkinligini taxmin qilishgan, biroq polisiya tezroq harakat qilib, ularning qochishiga to`sqinlik qilgan.
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu AQSh elchixonasi tomonidan bildirilgan hamdardliklarga noaniq munosabat bildirib, portlash buyrug`ini kurd jangarilari berganini, ammo bunda Vashingtonning roli bo`lganini, shuning uchun Amerika tomonining bayonotlari o`rinsiz ekanini aytdi.
Sulaymon Soylu: “Albatta, Kobani va boshqa terror zonalarini Senat mablag`laridan oziqlantirib kelayotgan davlat bilan ittifoqimizni muhokama qilishimiz kerak. Shu tarzda Turkiyadagi tinchlikni buzishga harakat qilmoqda. Hammasi juda aniq".
Ma`lum qilinishicha, Anqara PKKni terrorchi tashkilot deb biladi. AQSh harbiylari Suriyadagi mojaro paytida kurd qo`shinlariga yordam ko`rsatgan.Turkiyaning munosabatiga Vashington hozircha izoh bermagan.






