Ko`pgina kompaniyalar kelajak bozorida o`z o`rniga ega bo`lish uchun uchar avtomashinalarni ishlab chiqarishga intilmoqda. Xitoyning Xpeng kompaniyasi bunday imkoniyatni boy bermaslikka qaror qildi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Tesla bilan raqobatlashadigan brend nafaqat “havo avtomobili”ning original versiyasini ishlab chiqdi, balki uni allaqachon sinovdan o`tkazdi. Uchar avtomobil taxminan 9 metr balandlikda barqarorlashadi va oldinga harakatlanadi.
Mashinaning og`irligi 1950 kilogrammni tashkil etadi. Ushbu og`irlikning katta qismini korpusda joy egallagan batareyalar va aksessuarlar egallagan.
Eslatib o`tamiz, Ilgari kompaniya uchar avtomobilning o`lchami kichikroq bo`lgani uchun manyoviri yuqori versiyasini namoyish qilgan edi.






