AsosiyJamiyat

Ilk bor respublikamizning 8 ta OTMsi Osiyodagi TOP 1000 talikdan joy oldi

'Ilk bor respublikamizning 8 ta OTMsi Osiyodagi TOP 1000 talikdan joy oldi'ning rasmi

Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2023-yil uchun reyting (QS Asia University Rankings 2023) natijalarini e`lon qildi.

Unga ko`ra, ilk bor respublikamizning 8 ta oliy ta`lim muassasasi TOP 1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari ro`yxatiga kiritildi.

QS ning bu yilgi reytingi bugungi kunga qadar eng kattasi hisoblanib, o`z ichiga 760 ta eng kuchli Osiyo universitetlarini qamrab olgan.

Shuningdek, reytingni shakllantirishda asosiy ko`rsatkichlar sifatida akademik va ish beruvchining obro`si, PhD darajasiga ega bo`lgan xodimlar soni hamda xalqaro talabalar ulushi kabi me`zonlar birinchi marotaba kiritildi.

    Boshqa yangiliklar