Bu haqda Navoiy IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, asli buxorolik 37 yoshli Akmal nobud bo`lgan qoramol go`shtlarini sotib daromad qilishni maqsad qildi. Go`shtlarni taksiga yuklab Toshkent shahrida tanishi kutib olishini aytib jo`natdi. Ko`za kundamas kunida sinadi deganlaridek poytaxt tomon jo`natilgan yaroqsiz go`shtlar Samarqand YPX maskanida ichki iishlar xodimlari tomonidan qo`lga olindi. Go`shtlarni yaroqlilik darajasini tekshirish maqsadida viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga qarashli tashxis markaziga olib borildi. Labaratoriyaning birlamchi tekshiruv natijalariga ko`ra iste`molga yaroqsiz deb topildi.






