Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qrimdagi o`zbekistonlik talabalar prezident Shavkat Mirziyoevga murojaat bilan chiqqani aks etgan video tarqaldi.
Unda Qrim federal universiteti tibbiyot akademiyasining o`zbek talabalari “hozirda Qrim hududi urush tufayli xavfli hududlar sirasiga kirayotgani bois” ularning ham o`qishini O`zbekiston OTMlariga ko`chirishda amaliy yordam so`ragan.
Ayni paytda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan, davlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kabul kilish jarayonlarini muvofiklashtirish bo`yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan O`zbekiston fuqarolarining ham o`qishini O`zbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida ko`chirishga ruxsat berildi.






