AsosiyJamiyat

Chilonzorda tadbirkorning 35 000 AQSh dollarini qo`lga kiritgan firibgar qo`lga olindi

'Chilonzorda tadbirkorning 35 000 AQSh dollarini qo`lga kiritgan firibgar qo`lga olindi'ning rasmi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tergovga qadar teeshiruv o`tkazildi.

Unda, fuqaro A.Ch. “F.B.” MChJ rahbari A.K.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “Do`mbirobod” MFY hududida qurilayotgan ko`p qavatli savdo kompleksi oldida joylashgan umumiy maydoni 428,4 m2 bo`lgan avtoturargohda ushbu MChJ tomonidan zamonaviy ko`rinishdagi savdo shoxobchalarini qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, aldov yo`li bilan tadbirkorning 35 000 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlanib, A.Ch. o`z ixtiyori bilan 35 000 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar