Osiyo taraqqiyot bankining ipoteka bozori sektorini rivojlantirish dasturi doirasidagi kredit mablag`i O`zbekiston ipoteka kreditlarini qayta moliyalash kompaniyasining uy-joy ipotekasi, uy-joylarni obodonlashtirish va “yashil” moliyalashtirishga yo`naltiriladi.
O`zbekistonda yashil renovasiya kreditlaridan isitish va sovitish tizimlarini yangilash yoki o`rnatish, quyosh panellarini o`rnatish, suv izolyasiyasini yaxshilash – energiya samaradorligini oshirish uchun foydalanishi mumkin.
Osiyo taraqqiyot banki dasturiga ko`ra, kreditlarning kamida 32,5 foizi ayollarga berilishi kerak. Kredit, shuningdek, O`zbekistonda bozorga asoslangan ipoteka moliyasini faollashtirish uchun moliyalashtirish mexanizmlarini rag`batlantiradi. Uy-joy ipoteka mahsulotlari, shu jumladan “yashil” moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.






