AsosiyJamiyat

"Qo`yliq" bozori oldida topilgan ikki aka-ukaning ota-onasi qidirilmoqda

'"Qo`yliq" bozori oldida topilgan ikki aka-ukaning ota-onasi qidirilmoqda'ning rasmi

Bektemir tumani IIO FMB voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha inspektor-psixologi tomonidan, "Qo`yliq" bozori oldida, taxminan 13 va 15 yoshlardagi ikki nafar voyaga etmagan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Surishtiruv davomida, ular Yuldashev Zohid Said o`g`li va Yuldashev Jamshid Said o`g`li ekanligi aniqlangan. Biroq ularning qarindoshlari, yashash joyi haqidagi ma`lumotlari, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, tug`ilgan va yashash joyi to`g`risidagi ma`lumotlar mavjud emas.

Hozirda Zohid va Jamshid Yuldashevlar Toshkent shahar IIBBning Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markaziga joylashtirilgan.

Fuqarolarda yuqoridagi shaxslar haqida ma`lumot bo`lsa, Toshkent shahar IIBB Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markazining 71-231-87-56, 71-231-87-54 yoki “102” raqami orqali xabar berishlari so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar