AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda hokimlik amaldorlari pora olaman deb qopqonga tushishdi

'Qashqadaryoda hokimlik amaldorlari pora olaman deb qopqonga tushishdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazilgan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Viloyat qishloq xo`jalik boshqarmasi bo`lim boshlig`i M.A. va Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi Chiroqchi uchastkasi boshlig`i S.A. fuqaro B.E.ga tanishlari orqali tumandagi “Ch.Ch.” fermer xo`jaligi dala maydonidan davlat dasturiga kiritilgan quduqni qazib ishga tushirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar