Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda "Lasetti" va "Neksiya-2" o`rtasida sodir bo`lgan avtohalokat aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, YTH joriy yilning 7 noyabr kuni taxminan soat 19.30 larda Muqimiy ko`chasida sodir bo`lgan.1999 yilda tug`ilgan B.A. boshqaruvidagi "Neksiya-2" avtomashina va 2004 yilda tug`ilgan J.O. boshqaruvidagi "Lasetti" avtomashina to`qnashgan.
Oqibatda "Neksiya-2" yo`lovchisi 1998 yilda tug`ilgan Sh.E. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, "Lasetti" haydovchisi, "Neksiya-2" haydovchisi va yo`lovchilari: 1995 yilda tug`ilgan T.O., 1996 yilda tug`ilgan B.Q., 2001 yilda tug`ilgan M.Q.lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov davom etmoqda.






