AsosiyJamiyat

Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig`ilishining kun tartibidan nimalardan o`rin egallagan?

'Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig`ilishining kun tartibidan nimalardan o`rin egallagan?'ning rasmi

Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi (TIVK) yig`ilishi joriy yilning 10 noyabr kuni Samarqand shahrida bo`lib o`tadi.  

TDT TIVKda ishtirok etish uchun TDT Bosh kotibi B.Amreev, Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri J.Kulubaev, Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri o`rinbosari X.Xalafov, Qozog`iston Bosh vaziri o`rinbosari — tashqi ishlar vaziri M.Tleuberdi, Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri P.Siyyarto, Turkiya tashqi ishlar vaziri M.Chavushoglu, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o`rinbosari va tashqi ishlar vaziri R.Meredov tashrif buyurishi rejalashtirilgan.  

Delegasiyalar rahbarlarining TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig`ilishida ishtirok etishi, ular “Forumlar majmuasi” kompleksiga etib kelgandan keyin hamda birgalikda suratga tushish marosimidan so`ng ko`zda tutilgan. Yig`ilish so`ngida yakuniy hujjatlarni imzolash marosimi hamda yig`ilish ishtirokchilari sharafiga rasmiy qabul bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar