Mutaxassislar xulosasiga ko`ra, keyingi paytlarda koronavirusning yangi paydo bo`layotgan barcha mutasiyalari “omikron” shtammi subvariantlaridir. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.
AQSh olimlari fikricha, ular orasida BQ.1 va BQ.1.1 versiyalari nisbatan xavotirli. Chunki bu variantlar immunitetga oson “chap berish” xususiyatiga ega. Qolaversa, avvalgi shtammlarga nisbatan inson hujayralari bilan yaxshiroq aloqaga kirisha oladi.
Ayni paytda mazkur mutasiyalar AQSh va Evropada keng tarqalmoqda. Xususan, Qo`shma Shtatlarda uning ulushi 35 foizdan ortgan. Shundan 16,5 foizi BQ.1 va qariyb 19 foizi BQ.1.1 variantlariga tegishli. Vaholanki, o`tgan oy boshida bu ko`rsatkich atigi 2 foizni tashkil etayotgan edi.
Prognozlarga ko`ra, agar tegishli profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilmasa, ushbu yangi mutasiyalar yaqin kelajakda dominant versiyaga aylanishi mumkin.
Negaki, BQ.1.1 tez tarqalish xususiyatiga egaligi, ya`ni bir hafta ichida ikki baravar ko`paya olishi laborator tekshiruvlar davomida tasdiqlangan.
07.11.2022 14:18
Evropa va AQShda “omikron”ning xavfli mutasiyalari keng tarqalmoqda






