AsosiyJamiyat

Prezident bundan buyon tarmoqlarga subsidiyalar eksport hajmiga qarab beriladigan tizim yaratilishini ta`kidladi

'Prezident bundan buyon tarmoqlarga subsidiyalar eksport hajmiga qarab beriladigan tizim yaratilishini ta`kidladi'ning rasmi

Prezident kelgusi yilda eksportni qo`llab-quvvatlash kengaytirilishi, bundan buyon tarmoqlarga subsidiyalar eksport hajmiga qarab beriladigan tizim yaratilishini ta`kidladi.

Bugungi yig`ilishdagi topshiriqlar ijrosi natijasida hududiy sanoatni rivojlantirishga qo`shimcha 300 million dollar va 350 milliard so`m mablag` ajratilishi qayd etildi.

Aytilgan marralarga erishilsa, kelgusi yilda qo`shimcha 2 milliard dollar eksport hajmlari ta`minlanadi. 

Hokimlar va tarmoq rahbarlari bundan samarali foydalanib, 2023 yilda 8,2 milliard dollarlik hududiy sanoat mahsulotlari eksportini ta`minlashi shartligi ko`rsatib o`tildi.

Yig`ilish yakunida mutasaddilarning axboroti eshitildi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar