Yig`ilishda zargarlikda ham imkoniyatlar juda kengligi, mamlakatimizda 300 million dollarlik ichki bozor borligi ta`kidlandi.
Bu talabni bemalol o`zimizni mahalliy zargarlar qondirishi mumkin. Shu sababli ularni qo`llab-quvvatlash uchun 1 dekabrdan boshlab:
- oltin va kumushga kechiktirib to`lash uchun barcha banklar va Eksportni rag`batlantirish agentligi kafolatlari qabul qilinadi;
- kafolat olish imkoniyati yakka tartibdagi zargarlar uchun ham yaratiladi;
- oltin, kumush va zargarlik uchun zarur boshqa xom ashyolarni qayta ishlash uchun vaqtincha olib kirish va olib chiqishda lisenziya talabi bekor qilinadi;
- zargarlar ishlatadigan qimmatbaho va bezak toshlari bojxona to`lovlaridan ozod qilinadi;
- 10 ming dollargacha bo`lgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi (hozir 5 minggacha ruxsat berilgan). Ushbu ma`lumotlar haqida prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Shuningdek, tegishli viloyatlar hokimlariga Samarqand, Buxoro va Qo`qon shaharlarida zargarlik savdo va ishlab chiqarish majmualarini ishga tushirish topshirildi.
07.11.2022 13:15
Endilikda zargarlar ishlatadigan qimmatbaho va bezak toshlari bojxona to`lovlaridan ozod qilinadi






