Buxorodagi bojxona postlaridan birida umumiy qiymati qariyb 11 mlrd so`m bo`lgan 700 ming 719 quti noqonuniy sigareta qo`lga olindi.
Bojxona xodimlarining e`tiborini vagonlardan birining rentgen surati jalb qilgan. Konteyner eshiklari va ichidagi nakleykalardagi belgilar va raqamlar qalbakilashtirilgan, yuk esa hujjatlardagi ma`lumotlarga mutlaqo aloqasi yo`q edi.
Yukni uning egalari ishtirokida ko`zdan kechirishga qaror qilindi. Biroq, qo`shni mamlakatdagi yuk egalari ham, ularning vakillari ham, bir necha bor chaqirilishiga qaramay, ko`zdan kechirishga kelishmagan.
Tekshiruv davomida vagonda xorijda ishlab chiqarilgan 700 ming 719 quti sigareta borligi aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, yukning umumiy qiymati 10 mlrd 510 mln so`mni tashkil qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9 oyi davomida O`zbekiston Bojxona organlari umumiy qiymati 17,7 mln so`m bo`lgan 1,5 mln quti sigaretaning noqonuniy olib kirilishi va ichki aylanmasining oldini oldi. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davridagidan 9%ga ko`p.
O`zbekistonda kontrabandaga qarshi kurashish to`laqonli kechmoqda, mamlakatimizning barcha viloyatlari va tumanlarini qamrab olgan. O`zbekiston hududiga tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirishga bo`lgan har qanday urinishlarni bartaraf qilish lozim. Faqat chegaradagi va mamlakat ichki bozoridagi nazoratni kuchaytirish, shuningdek davlat hokimiyatining barcha tuzilmalarining izchil muvofiqlashtirilgan faoliyatigina sigaretalar "qora bozor"ini engishga yordam berishi mumkin.






