Vladimir Zelenskiy Rossiyaga dron etkazib berayotgan Eronni jazolashni talab qildi. Bu haqda "Zamon.uz" "BBC News"ga tayanib xabar bermoqda.
“Eron rejimining Rossiyaning Ukrainaga qarshi terrorida ishtiroki jazolanishi kerak. Va bu masalani biz eng yuqori darajada ko`taramiz”, – degan u.
Eron uzoq vaqt Rossiyaga uchuvchisiz qurilmalarni etkazib berganini inkor qilib kelgandi. Ammo shanba kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Amir Abdullaxiyan Tehron Ukraina nizosidan ancha avval Moskvaga dronlar eksport qilganini tan oldi.
Zelenskiyning so`zlariga ko`ra, eronliklar Rossiyaga harbiy harakatlarni davom ettirishga yordam beryapti.
“Agar Eron agressorga qurol bermaganda biz hozir tinchlikka yaqinlashgan bo`lardik. Bu esa oziq-ovqat inqirozi echimi yaqinlashishini anglatadi. Turmush darajasining arzonlashuvini yaqinlashtiradi. Energetika bozorida barqarorlashuvni anglatadi”, – deb qayd etgan Ukraina rahbari.





