Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.A. (muqaddam sudlangan) fuqaro Ch.B.ning ishonchiga kirib, Buxoro tuman “Bog`idasht” MFY hududidan uning singlisi nomiga savdo va maishiy xizmat ko`rsatish binosi qurish uchun davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida ajratilgan 7 sotix er maydonini 105 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 30 000 AQSh dollari va 200 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Qarshi shahar bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.J. fuqaro M.A.ga tanishlari orqali Ko`kdala tumani “Annaruz” MFY hududida joylashgan 60 sotix zaxiradagi er maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, evaziga 150 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
A.J.ning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, boshqa bir fuqaro M.B. fuqaro A.J.dan 60 sotix zaxiradagi er maydonini M.A.ning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 130 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






